2026-yil 3-oktabr, Toshkent
Abdurahmon menga 1420 ball bilan kelgan edi. Bir yil shugʻullandik. Yonidagi video sinfda College Board hisoboti ochilgan soniyada olingan.
Hozir onlayn platforma yaratyapman. Unda biz nimaga tayyorlangan boʻlsak, hammasi boʻladi: darslar, topshiriqlar, sinov imtihonlari va har bir xatoning tahlili. 2027-yil boshida ochilamiz.
Doniyor Botiroff, Mr.DONIYOR maktabi asoschisi
Platformadagi topshiriq shunday koʻrinadi. Javob bering va men buni oʻquvchilarga qanday tushuntirishimni oʻqing.
Ceramic artisans in Rishton, a town in the Fergana Valley, have long colored their glazes with a plant ash known locally as ______ produced by burning desert shrubs, is what gives the town’s pottery its distinctive turquoise blue.
Which choice completes the text so that it conforms to the conventions of Standard English?
2026/27 qabul kampaniyasidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori amal qiladi. SAT natijasi 1200 va undan yuqori boʻlgan abituriyentlar kunduzgi bakalavriatga qoʻshimcha davlat granti olishi mumkin — mutaxassislik fanlari matematika va chet tili boʻlgan yoʻnalishlarda. Tanlov SAT bali boʻyicha oʻtadi.
2026-yilda shu tarzda 3 023 kishi hujjat topshirdi. Oʻrtacha ball — 1333.
Koʻpchilik bilmaydigan yana bir narsa: imtihon pulini davlat toʻliq qaytaradi. Ariza my.gov.uz orqali 180 kun ichida beriladi.
Demak, SAT allaqachon faqat chet elda oʻqimoqchi boʻlganlar uchun emas.
Manbalar: grant shartlari, topshirganlar soni, imtihon pulini qaytarish
Sinfimizda ishlaydigan narsalarni onlaynga koʻchiryapman.
Agar intizomli boʻlsangiz va inglizchani yaxshi oʻqisangiz, bepulidan boshlang. College Boardning Bluebook dasturi va Khan Academy kursi yaxshi, oʻquvchilarni u yerga oʻzim ham yuboraman.
Javob nega notoʻgʻriligi tushunarsiz boʻlsa va buni ona tilida tushuntiradigan odam boʻlmasa, biz kerakmiz. Yoki reja va muddatsiz mashgʻulotlar bir haftada tugab qolsa.

Doniyor Botiroff. Birinchi oʻquv markazimni 19 yoshimda ochganman. Oliy iqtisodiyot maktabi (NIU VShE) va RF Hukumati huzuridagi Moliya universitetida oʻqiganman. IELTS 9.0 va SAT 1600 natijalarim bor.
Mr.DONIYOR maktabi Yunusobodda: 4-kvartal, 20-uy, pasport stoli yonida. 2025-yilda 100 dan ortiq oʻquvchimiz SATda 1500 va undan yuqori ball oldi. Yakshanba kunlari sinov imtihonlari oʻtkazamiz — jadvalni telefon orqali soʻrang.
Platforma ochilganda bir marta yozamiz. Yozilganlar kirish huquqini boshqalardan oldin oladi.
Narxni ochilishdan oldin aytamiz. Onlayn kurs oflayn kursdan sezilarli arzon boʻladi.
Inglizcha oddiy matnlarni oʻqiy olsangiz — ha, tushuntirishlar rus va oʻzbek tilida boʻladi. Ingliz tili noldan boʻlsa, maktabimizdagi General English kursidan boshlang.
Yoʻq. SAT — College Board savdo belgisi, biz u bilan bogʻliq emasmiz. Biz shu imtihonga tayyorlaydigan maktabmiz.
Ha: Yunusobod, 4-kvartal, 20-uy. Du–Sh 8:00 dan 23:00 gacha, telefon +998 97 006 60 66.